Asosiy kontentga o'tish
COM MEDICAL SERVISCOM MEDICAL SERVIS

Uskunangiz to‘xtadimi? Biz uni ishga qaytaramiz.

Tibbiy apparatlarni ta'mirlash, diagnostika, kalibrovka va original ehtiyot qismlar bilan ta'minlash. Avval smeta - keyin ta'mir, yashirin to'lovsiz.

COM MEDICAL SERVIS — Tibbiy uskunalar ta’miri va zapchastlar

Bepul diagnostika

Avval nosozlikni topamiz, keyin narx aytamiz. Ta’mirdan voz kechsangiz - diagnostika uchun to‘lov yo‘q.

Yozma kafolat

Har bir ish uchun 3 oydan 12 oygacha kafolat. Kafolat davrida qayta murojaat - bepul.

Ombordagi zapchastlar

Ko‘p ishlatiladigan qismlar doim omborda. Buyurtma kutish o‘rniga ertaga ishga tushasiz.

Hujjat bilan

Bajarilgan ish va o‘lchov natijalari protokol bilan rasmiylashtiriladi - tekshiruvlarda asqotadi.

Qaysi apparatlarga xizmat ko‘rsatamiz

Har bir yo‘nalish bo‘yicha o‘z muhandisimiz va ehtiyot qismlar zaxiramiz bor. Uskunani tanlang - unga tegishli zapchastlarni ko‘rasiz.

Ko‘p so‘raladigan xizmat va zapchastlar

Har bir pozitsiya bo‘yicha: artikul, brend, ishlab chiqarilgan davlat, texnik xarakteristikalar va narx. Nomeringizni qoldirsangiz, mosligini tekshirib beramiz.

Ish qanday boradi

Chaqiruvdan uskunani topshirishgacha - to‘rt bosqich, hammasi kelishilgan tartibda.

1

Ariza

Saytdan yoki telefon orqali murojaat qilasiz - o‘zimiz bog‘lanamiz.

2

Diagnostika

Muhandis chiqadi yoki uskunani servisga olamiz. Nosozlikni aniqlaymiz.

3

Kelishuv

Ish hajmi va narxini aytamiz. Siz rozi bo‘lgandan keyingina ish boshlanadi.

4

Topshirish

Ishni test bilan tekshirib topshiramiz, kafolat varaqasini beramiz.

Mijozlar fikri

Biz bilan ishlaganlar nima deydi.

COM MEDICAL SERVIS jamoasi tez va sifatli xizmat ko‘rsatdi. UZI apparatimiz muammosini qisqa vaqt ichida hal qilishdi. Kafolat ham berildi.
Dr. Alisher KarimovBosh shifokor
Profilaktika xizmatidan muntazam foydalanamiz. Xodimlar mas’uliyatli va tajribali - ishlar o‘z vaqtida bajariladi.
Malika AzizovaKlinika rahbari
Zapchastlar sifatli, yetkazib berish tez. Hamkorlikdan mamnunmiz.
Bobur YunusovTa’minot bo‘limi

Ko‘p so‘raladigan savollar

Mijozlar telefonda eng ko‘p so‘raydigan beshta savol.

Narx uskuna turiga, nosozlik darajasiga va kerak bo‘ladigan ehtiyot qismlarga bog‘liq. Avval diagnostika qilamiz, keyin yozma smeta beramiz. Siz rozi bo‘lmasangiz - ish boshlanmaydi va hech qanday to‘lov talab qilinmaydi.

Namangan shahri va viloyati bo‘yicha muhandis chiqadi. Boshqa viloyatlarga chiqish kelishuv asosida - aniq shartlar uchun telefon orqali bog‘laning.

Kafolat ish turiga va almashtirilgan qismga qarab belgilanadi, odatda 6 oydan 12 oygacha. Kafolat varaqasi ish topshirilganda rasmiylashtiriladi.

Katalogdagi har qanday zapchastni istalgan miqdorda olib kelib beramiz - bittami, o‘ntami, farqi yo‘q. Katalogda yo‘q qismni ham topamiz: original yoki tekshirilgan analog, ikkalasining narxini ham aytamiz.

Ta’mirni bizga topshirsangiz, diagnostika narxi umumiy summadan chegiriladi. Ayrim murakkab holatlarda diagnostika alohida hisoblanadi - bu ish boshlanishidan oldin aytiladi, keyin emas.

Uskunangizni tekshirib beramizmi?

Nomeringizni qoldiring - muhandisimiz o‘zi bog‘lanadi va muammoni telefonda dastlabki baholaydi.

+998 94 949 88 83mirzayev@mail.ru

Namangan viloyati, Namangan sh., Yangi Namangan tumani, Go'zal MFY, Go'zal massivi, 2-d uy

So‘rov qoldirishFORM / 01

Yuborish orqali maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.